Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto:Toshkent viloyati hokimligi

Shu vaqtga qadar «O‘zbekchorvanasl» bosh direktori bo‘lgan Abdurasul Abdullayev Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

A. Abdullayev 1968-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida bank tizimida bir qator lavozimlarda ishlagan.

A.Abdullayev 2019-yil mart oyida Xalq banki raisi lavozimidan «O‘zbekchorvanasl» rahbarligiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Piskent tumanida to‘rtta sektorga yangi rahbarlar tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring