Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nuriddinjon Ismoilov Eronning yangi saylangan prezidenti bilan uchrashdi

Nuriddinjon Ismoilov Eronning yangi saylangan prezidenti bilan uchrashdi

Foto:«Parliament.gov.uz»

Eron poytaxti Tehron shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov Eronning yangi saylangan Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi.

Unda Eron davlat rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan uning saylovlardagi g‘alabasi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.

Muloqotlarda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalarni izchil rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sohalar qatori parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, 18-iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda 17 926 345 ta ovoz to‘plab g‘alaba qozongandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring