Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niqob ostidagi «ayol» behayo suratlar uchun pul talab qildi

Niqob ostidagi «ayol» behayo suratlar uchun pul talab qildi

Foto: «Togliatti24.ru»

61 yoshli fuqaro Sh.Z. Namangan viloyati Namangan shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 2021-yil 19-may kuni «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i orqali «Feruza Qo‘chqorova» nomli profil egasi bilan tanishib qolib, bir-birlariga o‘zaro SMS xabarlar va behayo tushgan suratlarini yuborganliklarini, so‘ng «Feruza Qo‘chqorova» uning suratlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yubormasligi evaziga 2 million so‘m pullarni talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

22-may kuni soat 14:00 larda Namangan shahri Chorsu mahallasida «Kudratilla» ismli shaxs Sh.Z.dan kimyoviy ishlov berilgan 2 million so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtida JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davomida «Feruza Qo‘chqorova» nomli profil egasi aslida 47 yoshli fuqaro A.K.ning o‘zi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring