Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Niderlandiya: telefonda so‘zlashgan velosipedchilar jarimaga tortiladi

Niderlandiya: telefonda so‘zlashgan velosipedchilar jarimaga tortiladi

Foto: «Pbs.twimg.com»

2019-yilning 1-iyulidan Niderlandiyada yangi qonun kuchga kirdi: velosiped haydovchilar boshqa transport vositalari haydovchilariga tenglashtirildi.

Golland shaharlariga xos manzaralardan biri velosipedlar juda ko‘pligi edi, yaqin yillardan boshlab manzara sal o‘zgardi: bir qo‘li bilan velosipedni boshqarib, ikkinchi qo‘li bilan telefonda gaplashuvchilar ko‘payib ketdi.

Biroq 1-iyuldan boshlab hammasi o‘zgardi, boshqa transport vositalari boshqaruvchilariga tenglashtirilgan velosipedchilar endi boshqaruv payti mobil qurilmalardan foydalanishsa xuddi ular kabi 95 yevro jarima to‘lashadi. Qoida baland ovoz rejimiga qo‘yilmagan barcha mobil qurilmalar: smartfonlar, planshetlar, kameralarni qamrab oladi.

Qonunni joriy etishdan avval hukumat «Telefonni o‘z holiga qo‘y, 95 yevro yoningda qolsin!» shiori ostida reklama kampaniyasi tashkil etdi.

Niderlandiya transport vaziri Kora van Noyvenxeyzen: «Yo‘l-transport hodisalari ko‘paymoqda, yo‘l harakatining barcha ishtirokchilari, jumladan, velosipedchilarning ham diqqati telefon ekraniga emas, yo‘lga qaratilishi shart. Bir paytning o‘zida ko‘p ishga ulguramiz deb o‘ylaymiz, afsuski bunday emas, shuning uchun iltimos, «mono» rejimga o‘ting».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring