Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga kelgan xorijliklarga eslatma!

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelgan norezidentlar 30 kun ichida IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan o‘z mobil qurilmalaridan foydalanishlari mumkin.

Agarda mamlakatda bo‘lish muddati 30 kundan ortiq bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, tizim operatori mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini www.uzimei.uz sayti orqali 24/7 rejimida onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini yo‘lga qo‘ygan.

IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni « VISA», «Mastercard» xalqaro to‘lov tizimlari, shuningdek, «HUMO» va «UZCARD» milliy to‘lov tizimlari orqali saytda amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, UZIMEI tizim operatorining rasmiy punktlariga murojaat qilib, ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish punktlarining joylashuvi haqida www.uzimei.uz sayti yoki 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bilib olishingiz mumkin.

IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida ma’lumotni operatorning Facebookdagi sahifasida ham olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring