Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mehnat migrantlariga 10 mln so‘mgacha mikroqarzlar beriladi

Mehnat migrantlariga 10 mln so‘mgacha mikroqarzlar beriladi

Foto:«Xabar.uz»

«Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy etiladi.

Xorijda ishlashga ketishdan oldin O‘zbekiston fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish amaliyotini samarali yo‘lga qo‘yish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimini joriy qilish mazkur tizimning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

 Qarorga ko‘ra:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi;

- Hududiy filial rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yordamchisi hisoblanadi;

- Hududiy filiallar xorijiy ish beruvchilar bilan kelishuvlar tuzadi hamda xorijga fuqarolarni ishga yuboradi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar tashkil etiladi:

- Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida «Yapon tili va kasbiy malaka” test markazi;

- Farg‘ona shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida payvandchilar maktabi;

- Guliston shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida ishchilar tayyorlash o‘quv markazi;

- Namangan viloyatidagi professional ta’lim muassasalarida davlat xususiy sheriklik asosida «IT School» o‘quv markazlari, chet tillariga o‘qitish va xizmat sohasi bo‘yicha kasblarga tayyorlash o‘quv markazlari.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan:

- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi»ga kiritilgan kam ta’minlangan oila a’zosi tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda ularga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;

- mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 mln so‘mgacha miqdorda 1 yil muddatga beriladi;

- mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensatsiya qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring