Mali Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Mali muvaqqat hukumati Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzganini e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, Ukraina harbiy razvedkasi vakili Andrey Yusov hamda Ukrainaning Senegaldagi elchisi Yuriy Pivovarovning bayonotlari bunga sabab bo‘lgan. Yusov Mali harbiylari va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi kolonnasiga isyonchilarning hujumiga Kiyev aloqador ekanini tasdiqlagan, Pivovarov esa xalqaro terrorizmni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlagan.
Mali hukumati Yusov va Pivovarovning bayonotlari Ukraina hukumati tomonidan qoralanmagani va raddiya berilmaganiga e’tibor qaratdi.
Avvalroq Malidagi isyonchi tuareglar mamlakat shimolida bir necha kun davom etgan janglarda «Vagner» XHKning kamida 84 nafar, Mali hukumatining 47 nafar jangchisi o‘ldirilganini ma’lum qilgandi. Eslatib o‘tamiz, Mali hukumati isyonchilarga qarshi kurashishga ikki yil avval «Vagner» jangchilarini yollagan edi.
Andrey Yusov garchi Kiyev Malidagi janglarda bevosita ishtirok etganini rad etsa-da, 29-iyul kuni teleefirdagi chiqishida malilik isyonchilarga hujum qilish uchun ma’lumot berilganini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter