Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Magnus Karlsen — shaxmatning rapid yo‘nalishida jahon chempioni!

Magnus Karlsen — shaxmatning rapid yo‘nalishida jahon chempioni!

Foto: Championat.com

Klassik shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen tezkor shaxmat (rapid) bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Olmaotada o‘tayotgan turnirda Karlsen 10 ochko to‘pladi.

Ikkinchi — germaniyalik Vinsent Kaymer (9,5), uchinchi — amerikalik Fabiano Karuana (9,5).

Rossiyalik Daniil Dubov, Vladimir Fedoseyev, Vladislav Artemev, hindistonlik Arjun Erigaysi, ruminiyalik Rixard Rapport 9 ochkodan to‘plashdi.

O‘tgan yili Varshavada o‘tgan jahon chempionatida yurtdoshimiz Nodirbek Abdusattorov ushbu yo‘nalishda jahon chempioni bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring