Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kursk viloyatida 11 ming Shimoliy Koreya askari bor» — Zelenskiy

«Kursk viloyatida 11 ming Shimoliy Koreya askari bor» — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, Rossiyaning Kursk viloyatida Shimoliy Koreyadan kelgan 11 ming harbiy xizmatchi borligini ta’kidladi.

«Kursk viloyatida 11 ming Shimoliy Koreya harbiylari bor. Biz ular sonining ko‘payganini ko‘ryapmiz, biroq hamkorlarimizning munosabati kuchayganini ko‘rmayapmiz», — dedi Zelenskiy.

KXDR harbiylari Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarga jalb etilganin Rossiya tomoni inkor etilmayapti. G‘arb davlatlari bu holat mojaroning jiddiy avj olishi deb biladi.

Rossiyaning hujumi kuchaymoqda

So‘nggi 24 soat ichida ruslar Donetsk viloyatining Kuraxovo shahridan ikki qanotdagi ukrain bo‘linmalarini siqib chiqarishni davom ettirdi va yangi hududlarni egallab oldi, deya xabar bermoqda Ukrainaning bir qancha manbalari.

Ukrainalik harbiy blogerlar Bogdan Miroshnikov va Oleg Petrenko ruslarning Kuraxov va Kuraxovo-Zaporoje magistral yo‘nalishi bo‘ylab janubdan — Bogoyavlenka, Maksimovka va Yasnaya Polyanadan ancha tez oldinga siljigani haqida xabar berishdi.

Bundan tashqari, Miroshnikovning so‘zlariga ko‘ra, suv omborining shimoliy qirg‘og‘ida ruslar Stepanovkadan ham ko‘proq oldinga siljishgan — ular keyingi qishloq, Ilyinkani allaqachon egallab olishgan.

Avvalroq KXDR Rossiyani o‘q-dori va askarlar bilan ta’minlashi evaziga yiliga 700 ming tonna guruch va kosmik texnologiyalar olishi oydinlashgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring