Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuchli yomg‘ir sababli Yaponiyada 130 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi (foto+video)

Kuchli yomg‘ir sababli Yaponiyada 130 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi (foto+video)

Foto: X/tworldmonitor

Juda kuchli yomg‘ir ostida qolgan Yaponiyada 22-sentyabr kuni 130 mingdan ortiq odam xavfsiz hududga ko‘chirildi.

Xonsyu oroli g‘arbidagi Isikava prefekturasining yetti shahri va qishlog‘i aholisi uylarini tark etishi lozim. Tabiiy ofatning asosiy to‘lqini Vadzima va Sudzu shaharlariga to‘g‘ri keldi.

Foto: X/koukix1rz

Yomg‘ir ko‘p yog‘ishi oqibatida 16 ta daryo o‘zanidan chiqib ketdi.

Foto: X/MayadeenEnglish

Hukumat suv toshqinlari va ko‘chki xavfidan aholini tinmay ogohlantirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring