Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, qo‘shnilar va jahondagi vaziyat, 24-mart (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, qo‘shnilar va jahondagi vaziyat, 24-mart (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 24-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19)ga chalinganlar soni to‘rttaga ko‘payib, jami 50 nafarga yetdi.

Qo‘shni mamlakatlarda koronavirus bo‘yicha vaziyat quyidagicha: Qozog‘istonda 68, Qirg‘izistonda 42 (bir kunda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 26 ta holat aniqlandi), Afg‘onistonda 42 nafar insonda koronavirus aniqlangan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida shu paytgacha koronavirus eng ko‘p aniqlangan mamlakatlar: Xitoy (81 588), Italiya (63 927), AQSh (46 485), Ispaniya (39 673) va Germaniya (31 260). Qo‘shma Shtatlarda vaziyat ancha jiddiylashdi: bir kunda koronavirusga chalingan 11 140 nafar bemor aniqlandi.

Koronavirusdan eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya (6 077), Xitoy (3 281), Ispaniya (2 696), Eron (1 964) va Fransiyada (860) qayd etilgan.

24-mart kuniga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar soni 396 249 nafarga yetdi, shundan 17 252 nafari vafot etgan, 103 334 nafar bemor tuzalgan. Bugun 41 572 nafar insonda koronavirus aniqlandi, 1 816 nafar bemor vafot etgan, 2 872 nafar bemor sog‘ayib ketgani qayd etilgan.    

Ayni paytda dunyoning 169 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring