Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kitobxonlik tadbirlari, hatto kutubxonachilar jiddiy, nega ?

Kitobxonlik tadbirlari, hatto kutubxonachilar jiddiy, nega ?

foto: internet, ochiq manba

Kutubxonalar, kitobxonlik, kitobga oid tadbir haqidagi biron post, podkast yoki materialga ko‘zim tushsa doim bir narsaga hayron bo‘laman. 

Kutubxonachilar jiddiy (hatto bir xil kiyimda), javonlarda kitoblar o‘ta jiddiy holatda,  bolalar qo‘llaridagi kitoblar ham o‘ta jiddiy bo‘ladi.  «Yosh kitobxon» tanloviniku gapirmasa bo‘ladi, u yerda haqiqiy jangovor muhit – jiddiylikni hatto saylovlarda ham ko‘rmaysiz.

Kitob va unga bo‘lgan munosabat bizlarda negadir jiddiylikni, qandaydir donolikni talab qiladigandek. Kitob o‘qiysanmi, demak sen yaxshisan, kitob o‘qib yomon bo‘la olmaysan, yomon bo‘lsang kitob o‘qiy olmaysan – o‘tir, «5»  baho.

Bunday yondashuv menga o‘tgan asrlarni eslatadi. O‘tgan asrdaku gadjetlar bo‘lmagan va bir amallab mana shu jiddiylik bilan bolalarni jalb qilsa bo‘lar edi. Lekin bugun gadjetlar rang-barangligi-yu, pozitiv emotsiyaga to‘lib ketganligini inobatga oladigan bo‘lsak, bugungi kutubxonalarimiz va kitobga oid tadbirlarimiz qanday qilib bolalarni jalb qilishlariga ishonmoqdalar?

Bolalar kutubxonalari, bolalar kitoblari, bolalar kitoblariga oid har qanday tadbir va material bolani xursand qilish yoki ko‘nglini  olishni maqsad qilgan bo‘lishi kerak emasmi? Bolani psixologiyasi borku... Nahotki biz bunga be’etibor bo‘lgan holda yuz yildan beri ko‘rinishi o‘zgarmayotgan kitobxonlikka oid tadbir va materiallarni qilishda davom etaveramiz...

                                                                                                  Dinara Mo‘minova, bolalar yozuvchisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring