Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shimoliy Koreyada koronavirus yo‘q: davlat rahbari buning sababini izohladi

Shimoliy Koreyada koronavirus yo‘q: davlat rahbari buning sababini izohladi

Foto: Markaziy telegraf agentligi

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi va odamlarning birdamligi tufayli mamlakatga koronavirus kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmayapti. Bu haqda Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In payshanba kuni KXDR Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etgan.

«Davlat rahbari olti oylik favqulodda epidemiyaga qarshi ishlarni aniq tahlil qilib berib, dunyodagi sog‘liqni saqlash sohasidagi inqirozga qaramay, xavfli virusning hududimizga kirib kelishiga yuz foiz to‘sqinlik qilayotganimizni va epidemiyaga qarshi barqaror vaziyatni saqlab qolayotganimizni aytdi», — deyiladi xabarda.

Kim Chen Inning ta’kidlashicha, bu partiya markaziy qo‘mitasining uzoqni ko‘ra biladigan rahbarlik qobiliyati va markaziy partiya qo‘mitasi farmoyishi va buyrug‘i bilan harakat qilayotgan butun xalqning birdamligi tufayli erishilgan sharafli yutuq hisoblanadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Koreya xalq demokratik respublikasida birortayam koronavirusni yuqtirish holati qayd etilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring