Keyingi bir necha oy Zelenskiy uchun juda og‘ir bo‘ladi — Klichko
Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlash uchun referendum o‘tkazishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Corriere della Sera gazetasiga intervyu bergan Kiyev meri Vitaliy Klichko shunday dedi.
Klichkoning fikricha, kelgusi bir necha oy Zelenskiy uchun «juda og‘ir» bo‘ladi. Qanday qadam tashlamasin, prezident uchun «siyosiy o‘z joniga qasd qilish» xavfi saqlanib turadi.
«Shunday og‘riqli va muhim kelishuvlarga u aholi qo‘llab-quvvatlovisiz erisha oladi deb o‘ylamayman. Ukrainadagi vaziyat tobora murakkablashib ketyapti, yana ikki yil urushish esa dahshatning o‘zidir», — ta’kidladi Klichko.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter