Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelinini gumdon qilish uchun «killer» yollagan qaynona qo‘lga tushdi

Kelinini gumdon qilish uchun «killer» yollagan qaynona qo‘lga tushdi

Rossiyaning Barnaul shahrida 57 yoshli pensioner ayol jinoyat ishi ayblanuvchiga aylandi.

Uni kelinini o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblashdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi o‘g‘lining rafiqasi bilan ma’lum vaqt davomida keskin munosabatlarda bo‘lgan. Natijada, ayol «killer» topishga va qarindoshini o‘ldirishni rejalashtirgan. 

Fevral oyida ayblanuvchi jinoyatni amalga oshirishga rozi bo‘lgan shaxs bilan uchrashuvga kelgan.

«Qotil» yashirin politsiyachi bo‘lib chiqdi. U ayoldan pulni oldi va agar u rejani muvaffaqiyatli amalga oshirsa, u yana bir yarim million rubl olishga kelishgan. 

Rejaga ko‘ra qotillik yozda va kelin qarindoshlarinikiga ketayotgan vaqtda sodir bo‘lishi kerak edi. 

Ko‘p o‘tmay, nafaqaxo‘r Rossiya Ichki ishlar vazirligining Oltoy o‘lkasi bo‘yicha Bosh boshqarmasining jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda jinoiy tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring