Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kecha 422 kishi xorijdan keltirildi. Bugun Xitoy, Misr va Rossiyadan reyslar bo‘lishi kutilmoqda

Kecha 422 kishi xorijdan keltirildi. Bugun Xitoy, Misr va Rossiyadan reyslar bo‘lishi kutilmoqda

Koronavirus pandemiyasi davrida turli sabablar bilan xorijda bo‘lib turgan vatandoshlarimizni yurtga qaytarish maqsadida charter reyslar qatnovi davom etmoqda. Joriy yilning 5 iyun kuni Moskva va Minsk shaharlaridan jami 422 ta kishi O‘zbekistonga olib kelindi va karantinga olindi.

6 iyun kuni yana Xitoy xalq respublikasi hamda Misr Arab respublikasi poytaxti Qoxira va Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahridan reyslar bo‘lishi kutilmoqda.

Xorijdan kelgan yurtdoshlarimizni karantin hududlariga yetkazish hamda u yerdan reabilitatsiya markazlariga olib o‘tishda «Toshshahartransxizmat» AJning 10 dan ortiq maxsus avtobuslari xizmat qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring