Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanada chet elliklar mamlakatga kirishi uchun qo‘yilgan cheklov muddatini uzaytirdi

Kanada chet elliklar mamlakatga kirishi uchun qo‘yilgan cheklov muddatini uzaytirdi

Foto: TASS

Kanada hukumati xorijiy fuqarolarning aksariyat toifalari uchun mamlakatga kirishga qo‘yilgan cheklov muddatini 31-iyulgacha uzaytirdi. Bu haqda CBC telekanali Kanada chegara xizmati agentligiga asoslanib xabar berdi.

Agentlik vakili Rebekka Purdining aytishicha, «jamoat salomatligini muhofazalashni ko‘zda tutib» taqiqlov muddati uzaytirildi. Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sababli Kanadada bu cheklov 16-martdan joriy etilgandi. Cheklovlar AQSh fuqarolari va Kanadaning doimiy rezidentlariga daxl qilmaydi, biroq ikki mamlakat o‘rtasida ixtiyoriy qatnovlar taqiqlangan.

Shuningdek, diplomatlar, mamlakat fuqarolarining yaqin qarindoshlari, ayrim toifadagi mavsumiy ishchilar va chet ellik talabalar uchun ham istisnolar ko‘zda tutilgan.

Mamlakatga kirib keluvchilar uchun joriy etilgan o‘zini o‘zi izolyasiyalash talabi ham 31-avgustga qadar uzaytirildi. Aks holda jazosi juda qattiq: karantinni buzganlar 750 ming kanada dollarigacha ($551,5 ming) jarima to‘lashlari yoki yarim yilni qamoqda o‘tkazishlariga to‘g‘ri keladi. Agarda karantinni buzish boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘ysa jarima miqdori 1 mln. kanada dollarigacha ($735,4 ming) oshishi, qamoq jazosi uch yilgacha cho‘zilishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanganlar soni Kanadada 103 918 nafarga yetgan. Shundan 67 178 nafari tuzalgan, qurbonlar soni — 8566 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring