Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jurnalistga bosim o‘tkazgan xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Jurnalistga bosim o‘tkazgan xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Joriy yilning 14-yanvarida tahririyatiga kelib tushgan murojaat ortidan Toshkent shahar Uchtepa tumani 11-mavzega borgan jurnalist Mixail Dovlatov huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan majburan tuman IIBga olib ketilgan.

U yerda esa unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Kecha xabar qilinganidek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi ushbu «ish»ni ko‘rib chiqqan va «ma’muriy huquqbuzarlik alomati yo‘qligi sababli» jurnalistga nisbatan ochilgan ish tugatilgan. 

Bosh prokuratura bergan ma’lumotga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Mixail Dovlatov bilan bog‘liq holatga huquqiy baho berish haqida idoraga so‘rov xati yuborgan va mazkur xat ijro uchun qabul qilingan.

Ayni paytda jurnalist bilan bog‘liq holatga aloqador shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

«Shu o‘rinda, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari  faoliyati va jurnalistlarning huquq va erkinliklari qonun bilan qo‘riqlanishi haqida yana bir bor eslatib o‘tamiz», – deyiladi Bosh prokuratura xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring