Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda maktab direktorlari yo‘q odam uchun 200 million so‘m oylik yozgani aniqlandi

Jizzaxda maktab direktorlari yo‘q odam uchun 200 million so‘m oylik yozgani aniqlandi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori aslida maktabda ishlamaydigan 3 nafar insonga 77 million so‘m maosh yozgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori V.M.O. o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda aslida maktabda ishlamagan turmush o‘rtog‘i O.A.ga ovoz berish operatori sifatida 2019-2023 yil 1 mayga qadar 47,3 mln so‘m, shuningdek, omborchi vazifasiga ishga qabul qilingan fuqaro N.E.ga 2022-2023 yil 1 mayga qadar 6,9 mln so‘m, 2014 yilda ishdan bo‘shagan D.H.ga esa 2016 yilga qadar 22.9 mln so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni noqonuniy to‘lab, jami 77,1 mln so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari, Zafarobod tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida direktor vazifasida ishlab kelayotgan V.M.O. o‘g‘li R.D. bilan jinoiy til biriktirib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish maqsadida o‘z rahbarligidagi maktab xodimlari N.Yu. va I.T.ning xabardorligisiz ularni bir vaqtning o‘zida o‘g‘li rahbarligidagi maktabda ishlaganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, 2017-2022 yillar davomida ushbu ikki xodimga majburiy ushlanmalardan tashqari jami 69,8 mln so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni noqonuniy to‘lab, umumiy hisobda 146,9 mln so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

O‘rganish natijasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar joriy yilning aprel oyida Bosh prokuraturaga yuborilgan edi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Jizzax viloyati Paxtakor tumani bo‘limi tomonidan 16.06.2023 yilda Paxtakor tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi «a», «b», «g» bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring