Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon kubogida kikboksingchilarimiz oltin medallarni taxlab tashlashyapti

Jahon kubogida kikboksingchilarimiz oltin medallarni taxlab tashlashyapti

O‘zbekiston kikboksingchilari jahon kubogida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan Budapesht shahrida tashkil etilgan 26-Jahon kubogi bahslari davom etmoqda.

Kikboksingchilarimiz bugun 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi:

Samandar Rustamqulov (Navoiy viloyati) 48 kg vazn toifdasida;

Normuhammad Rahmonberdiyev (Namangan viloyati) 60 kg vazn toifasida;

Nazarbek Mahmudov (Navoiy viloyati) 51 kg vazn toifasida;

Saidmurod Hasanov (Andijon viloyati) 63 kg vazn toifasida.

Terma jamoamizga beshinchi oltinni musobaqada 91 kg vazn  toifdasida qatnashayotgan Husan Baratov (Toshkent shahri vakili) keltirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring