Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiya mafiyasi vaksina tarqatilishi jarayonini qo‘lga olishga urinmoqda

Italiya mafiyasi vaksina tarqatilishi jarayonini qo‘lga olishga urinmoqda

Italiya ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi mafiya klanlari, talab yuqoriligi bois, vaksinalar tarqatilishi jarayoniga suqilib kirishga urinayotganidan ogohlantirdi.

Maxsus politsiya bo‘linmasi to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, inqiroz sharoitida kompaniyalarni qo‘llashga qaratilgan moliya resurslari hamda sayyohlik va savdo muassasalarini dezinfeksiyalash ishlarini mafiya o‘z nazoratiga olishga urinishi kuzatilgan. Endi esa jinoiy guruhlar koronavirusga qarshi vaksinani tarqatish ishlariga ham aralashishi xavfi tug‘ilgan.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab vaksinani tarqatish va saqlash harbiylarga topshirilgan.

Italiyada karantin davrida ko‘plab cheklovlarning joriy etilishi, xususan, tungi klublarning yopilishi mafiyaning xufiyona narkotiklar savdosiga jiddiy putur yetkazdi. Shuningdek, mafiya inqirozga uchragan kompaniyalarni arzon-garovga qo‘lga kiritishga urinishi borasida ham talay misollar bor: ayniqsa, jinoiy guruhlarni agrosanoat kompleksi, xususiy tibbiyot va turizm kompaniyalari, restoranlar ko‘proq qiziqtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring