Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Isroil davlatidagi O‘zbekiston fuqarolari mamlakatning shimoliy hududlaridagi murakkab vaziyatdan ogohlantirildi.
«Mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib o‘zingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz», – deyiladi elchixona xabarida.
Shuningdek, rasmiy xabarlarni Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasidan olish hamda Isroil frontorti qo‘mondonligining bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefonga o‘rnatib olish so‘ralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Isroil-Livan mojarosi keskinlashib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter