«Isroil Gaaga sudida sharmandalarcha mag‘lubiyatga uchraydi» – JAR adliya vaziri
Janubiy Afrika Respublikasi adliya vaziri Ronald Lamola Isroilning Xalqaro suddagi so‘nggi himoya so‘zini «sharmandali mag‘lubiyat» deb atadi.
«Isroil G‘azo sektoridagi genotsid bilan bog‘liq Janubiy Afrikaning shikoyatini sharmandalarcha rad eta olmadi», – deydi Lamola.
«Pars Today» axborot agentligining xabar berishicha, JAR adliya vaziri xalqaro sudda Isroilning mag‘lubiyatga uchraganiga ishonadi.
«Biz advokatlarimiz tomonidan sinchkovlik bilan tuzib chiqilgan ishonchli dalillar keltirdik va Isroil sharmandalarcha mag‘lub bo‘lganiga ishonchimiz komil», – degan vazir.
JAR rasmiysining bayonoti Isroil vakilining Xalqaro sudda ushbu mamlakat shikoyati bo‘yicha ikkinchi tinglovda qatnashib, shikoyatni rad etish bo‘yicha o‘z dalillarini taqdim etganidan keyin yangragan.
Eslatib o‘tamiz, 11-yanvar kuni Janubiy Afrika Respublikasining G‘azo sektoridagi genotsid uchun Isroilga qarshi shikoyati bo‘yicha birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tgan edi.
JAR vakili bu mahkamada sionistik rejim G‘azo sektori falastinliklariga qarshi aparteid siyosatini olib borayotganini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter