Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Al Jazeera telekanalini taqiqlaydi

Isroil Al Jazeera telekanalini taqiqlaydi

Isroil hukumati mamlakatdagi Al Jazeera telekanali tarmog‘ini yopishga qaror qildi. Bu haqda bosh vazir Benyamin Netanyaxuning X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

«Men boshchilik qilayotgan hukumat bir ovozdan qaror qabul qildi: Isroilda provokatsion Al Jazeera kanali yopiladi», — deyiladi xabarda.

Bungacha Isroil Knesseti (parlamenti) ikkinchi va uchinchi, yakuniy o‘qishlarda mamlakatda «dushman OAV»ni yopishga ruxsat beruvchi qonunni ma’qullagan edi.

Shu bilan birga, hujjat kuchga kirgach, bosh vazir Benyamin Netanyaxu Isroilda ham faoliyat yurituvchi Qatarning Al Jazeera telekanalini yopish tartibini tezda yo‘lga qo‘yish niyatida.

Avvalroq Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi. Bunga G‘azodagi urush sabab sifatida keltirilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring