Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inesta va Vilya «Barselona»ga qarshi o‘ynadi

Inesta va Vilya «Barselona»ga qarshi o‘ynadi

Yaponiyaning Kobe shahrida «Vissel Kobe» va «Barselona» o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi.

Unda kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvda Karles Peres dubl muallifi bo‘ldi. Bu yosh futbolchi «Barselona»ning ikkinchi jamoasi a’zosi hisoblanadi.

E’tiborlisi, uchrashuvda «Barselona»ga qarshi jamoaning uch nafar sobiq futbolchisi harakat qildi: Andres Inesta «Vissel Kobe»ni sardor sifatida boshlab tushgan bo‘lsa, unga hujumda David Vilya va yarim himoyada Serxi Samper yordam berdi. Ushbu futbolchilar o‘z vaqtida Kataloniya klubi sharafini himoya qilishgan.

Vissel Kobe (Yaponiya) – Barselona (Ispaniya) 0:2

Gollar: 0:1 – Sayol – 59, 0:2 – Sayol – 86

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring