Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask Putin bilan muloqot qilishda gumonlandi: tafsilotlar

Ilon Mask Putin bilan muloqot qilishda gumonlandi: tafsilotlar

Amerikalik milliarder Ilon Mask 2022-yil oxiridan beri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda, deb yozadi Wall Street Journal bir necha amaldagi va sobiq amerikalik, yevropalik va rossiyalik amaldorlarga asoslangan holda.

Ularning suhbatlari shaxsiy mavzular, biznes va geosiyosiy keskinliklarga to‘xtalib o‘tadi. Kreml buni aloqalarni rad etdi.

The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, SpaceX rahbarining Kreml bilan aloqalari haqidagi ma’lumotlar Amerika hukumatida qattiq himoyalangan sir bo‘lib qolgan. Oq uyning bir qancha rasmiylari nashrga bu haqda hech narsa bilmasligini aytdi. Shu bilan birga, Maskning AQSh harbiy va razvedka idoralari bilan chuqur ishbilarmonlik aloqalari va hukumat sirlariga kirish huquqini hisobga olgan holda, aloqalar amaldagi ma’muriyatdagi ba’zilar orasida milliy xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirdi. «Ularga bu yoqmaydi», dedi WSJ manbasi Mask-Putin aloqalari haqida, biroq ma’muriyat Space X rahbari tomonidan ehtimoliy xavfsizlik buzilishi haqida ogohlantirmaganini ta’kidladi.

Kreml Putinning Mask bilan muloqot qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. "Yo‘q, bu haqiqat emas. Wall Street Journal’da chop etilgan xabar mutlaqo yolg‘on ma’lumot", — dedi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

2022-yil oktyabr oyida Mask Putin bilan faqat bir marta gaplashganini va suhbat 2021-yil aprelida koinot haqida bo‘lganini ochiq aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask AQShdagi bo‘lajak saylovlarda Donald Trampni qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring