Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahridagi Amiti universitetining ilk bitiruvchilari Hindistonda!

Toshkent shahridagi Amiti universitetining ilk bitiruvchilari Hindistonda!

Toshkent shahridagi Amiti universitetining ilk bitiruvchilari tantanali bitiruv marosimida ishtirok etish uchun Hindistonning Noida shahriga uchib ketishgandi.

17 dekabr kuni Amiti universitetining Noida shahrida joylashgan asosiy kampusida butun dunyo bo‘ylab barcha Amiti bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 6000 nafar bitiruvchi talabalar qatnashdilar.

Qayd etish joiz, Amiti universitetining dunyo bo‘ylab yigirmaga yaqin xalqaro kampuslari mavjud bo‘lib, ular orasida maktabgacha ta’lim, o‘rta va biznes maktablari, oliy ta’lim maskanlari bor.

Shulardan biri Toshkent shahrida joylashgan Amiti universitetidir. Uning ilk bitiruvchilari, magistratura bosqichining IT sohasida tahsil olgan talabalar ham ushbu marosimda ishtirok etishdi. Ularga xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

Tashrif davomida talabalar xalqaro kampus hamda u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashish imkoniga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, ular Hindistonning diqqatga sazovor joylariga borib ko‘rishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring