Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki davlat vazirlari muhim hujjatni imzolashdi

Ikki davlat vazirlari muhim hujjatni imzolashdi

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston AKT vazirligi delegatsiyaning Nur-Sulton shahriga tashrifi doirasida  vazir Sherzod Shermatov Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilishdi. Uning natijalari bo‘yicha ikki vazirlik o‘rtasida kelgusida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Protokol imzolandi. Mazkur hujjat qator dolzarb va muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni kuchaytirishi nazarda tutadi. Xususan:

• AKT sohasida o‘zaro tajriba va ilg‘or amaliyot bilan almashish;

• milliy aloqani ta’minlash maqsadida keng polosali optik tolali tarmoqlarni, 5G aloqani kengaytirish, standartlash va mazkur texnologiyalarni rivojlantirish;

• elektron hukumatni rivojlantirish, shu bilan birga elektron davlat xizmatlarni joriy etish;

• startaplarni rivojlantirish va AKT yo‘nalishlari uchun kadrlarni tayyorlash sohalarida o‘zaro tajriba bilan almashish;

• AKT sohasida eksport salohiyatini oshirishda o‘zaro tajriba bilan almashish;

• pilot loyihalar shaklida sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, Internet buyumlari va aqlli shahar texnologiyalarni qo‘llash;

• davlat organlari faoliyatini reinjiniring qilish (qayta yo‘lga qo‘yish) va ularni raqamli shaklga o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish;

• Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish doirasida baholash va tahlil qilish bo‘yicha, shu jumladan milliy loyihalarni amalga oshirish, ularning natijalarni kuzatib borish va maqsadli ko‘rsatqichlarga erishish uchun raqamli ishlanmalarni yaratish,

• dasturiy ta’minotni, raqamli texnologiyalarni, eshittirish kontent, xajmli ko‘rish va gologramma texnologiyalarni ishlab chiqish;

• raqamli rivojlanish va raqamli tayyorgarlik bo‘yicha darajalarni baholash (indikatorlarni) usullarni ishlab chiqish;

• xalqaro maydonda birgalikda loyihalarni ilgari surish.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring