Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV bayonotidan Oliy Majlis deputati «shok»ka tushdi

IIV bayonotidan Oliy Majlis deputati «shok»ka tushdi

Kecha Qashqadaryo viloyati IIB binosida «Chiroqchi voqeasi» bo‘yicha maxsus brifing o‘tkazilgandi. Xabaringiz bor, Chiroqchida 32 yoshli gumondor ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklanishi natijasida vafot etgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Rasul Kusherbayev tadbirda Ichki ishlar vazirining matbuot xizmati rahbari aytgan gaplardan «shok»ka tushganini yozmoqda: «...Bugun men uchun hammasidan ham g‘alati va shok xabar ichki ishlar vaziri matbuot kotibining quyidagi gaplari bo‘ldi: «IIB binosida odam o‘lishi yangilik emas, bu tabiiy holat, oldin ham bo‘lgan. Ayrimlar o‘z joniga qasd qiladi, ayrimlarning tobi qochib qoladi. Bu holat ichki ishlar vazirligi tomonidan nazoratga olinadi».(Har qalay kontekstdan buzib uzib olinmadi). Bu iqrorlikmi yo xatolik?

IIB binosida ham barcha ishxonalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat, ya’ni shu yerda ishlayotgan xodimninggina betobligi uchun favqulodda tobi qochib, ish joyida o‘lib qolishini tabiiy qabul qilish mumkin xolos. Boshqalarning u yerda o‘z joniga qasd qilishi, tobi qochishi yoki o‘lib qolishi tabiiy hodisa bo‘lishi mumkinmas.

Buni tabiiy qabul qilish toqat qilib bo‘lmas vaziyat.

Bunday bayonotlar yo o‘ylab berilsin, yo berilgandan keyin uyg‘onadigan shubhalarni izohlashga tayyor turilsin. Bo‘lmasa o‘sha gap...»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring