Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB va DXX «jihodchilar»ni qo‘lga oldi

IIBB va DXX «jihodchilar»ni qo‘lga oldi

Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir  o‘tkazilgan. 

Unda 1998-yilda tug‘ilgan M.M. (Yangiyo‘l tumani) Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi shaxslarning «jihod» va «hijrat»ga da’vat qiluvchi ma’ruza va videoroliklar tarqatib kelayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu tumanda yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. 2018-2020-yillarda Turkiya davlatiga borib, u yerda «Tavhid va jihod» terroristik tashkilotining «Tavhid va Sunnat» nomli madrasasida diniy ta’lim olib, yashash manziliga qaytib kelgan va Telegram tarmog‘i orqali ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida «qamoq» jazosi tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring