Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Hizbulloh» qo‘mondoni halok bo‘ldi

«Hizbulloh» qo‘mondoni halok bo‘ldi

«Hizbulloh» o‘z qo‘mondoni Ibrohim Oqilning Bayrutga qilingan havo hujumi chog‘ida halok bo‘lganini tasdiqladi.

Shuningdek, Livan sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning Bayrutning janubiga uyushtirgan havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga, yaralanganlar soni esa 66 nafarga yetganini, ulardan 9 nafarining ahvoli og‘ir ekanini ma’lum qildi.

Halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi bolalar va ayollar ekani, hujum natijasida qulagan binolar vayronalarini tozalash ishlari davom etayotgani ta’kidlandi.

Isroil armiyasi Livanning poytaxti Bayrutga «maqsadli» havo hujumi uyushtirilganini qayd etdi, ammo tafsilotlarni keltirmadi.

Poytaxtning janubiy chekkasida Isroil hujumi sodir bo‘lgan joyda Fuqaro mudofaasi va Qizil Xoch xodimlari hamda tibbiyot xodimlari mintaqa aholisidan hujum hududidan uzoqroq turishni, yo‘llarni bo‘shatishni, to‘planmaslikni va qutqaruv ishlariga xalaqit bermaslikni so‘radi.

Isroil G‘azo sektorida 42 mingdan ortiq falastinlikning o‘limi uchun mas’ul va Xalqaro sudda genotsidda ayblanmoqda, xalqaro hamjamiyat Tel-Avivning Livanga hujumi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi mintaqaviy urush xavfi haqida ogohlantirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring