Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Habib Nurmagomedov chempionlikka kim ko‘proq munosib ekanligini aytdi

Habib Nurmagomedov chempionlikka kim ko‘proq munosib ekanligini aytdi

Foto: «RIA»

Habib Nurmagomedov yengil vaznda UFC chempioni kim bo‘lishini taxmin qildi. Bu haqda «Lenta» xabar berdi.

Rossiyalik sportchining fikricha, amerikalik Dastin Pore katta imkoniyatlarga ega.

«U menga yutqazdi, lekin yaxshi jang o‘tkazdi. Menga yutqazib qo‘ygach, u yana g‘alaba qozondi. Yengil vaznda deyarli hamma baravar, lekin men Dastinni ustun deb bilaman», — dedi Nurmagomedov.

Shuningdek, Nurmagomedov o‘zining sportga qaytish imkoniyatlarini baholadi. Uning bunday rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.

Pore faoliyati davomida MMAda 26 marta g‘alaba qozonib, olti marta mag‘lub bo‘lgan, yana bir uchrashuv o‘tkazilmagan deb topilgan. Nurmagomedov bilan u 2019-yil sentyabrda kurashgan. Rossiyalik sportchi bo‘g‘ish usulini qo‘llab, g‘alaba qozongan.

Nurmagomedov 24-oktyabr kuni UFC musobaqasida Jastin Geytji ustidan g‘alaba qozongandan so‘ng MMAdan ketishini e’lon qildi. Rossiyalik sportchi yengil vaznda tashkilotning chempionlik kamarini uch marta himoya qilib, faoliyatidagi 29-g‘alabasini nishonladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring