Gvardiola futbolga ziyon yetkazdi — Fabio Kapello

Italiyalik taniqli murabbiy Fabio Kapelloning fikricha, hozirda Angliyaning «Manchester Siti» klubini boshqarayotgan Hosep Gvardiola tufayli futbol zerikarli bo‘lib qoldi. Bu haqda El Mundo xabar berdi.
«Gvardiola, garchi bevosita uning aybi bo‘lmasa-da, futbolga ulkan ziyon yetkazdi. Barcha murabbiylar o‘nlab yillar unga taqlid qilishga urindi. Oqibatda Italiya futboli ham o‘z tabiatini yo‘qotdi», — dedi Kapello.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter