Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze O‘zbekistonga keldi

Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze O‘zbekistonga keldi

Bugun, 4-mart kuni Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Avvalroq tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgani haqida xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring