Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada so‘nggi o‘n yildagi eng past tug‘ilish darajasi qayd etildi

Germaniyada so‘nggi o‘n yildagi eng past tug‘ilish darajasi qayd etildi

Germaniyada 2023-yilda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni 692 989 nafarni tashkil qildi. Bu 2022-yildagi ko‘rsatkichdan 45,83 ming (6 foiz)ga kam, deb xabar berdi Destatis federal statistika boshqarmasi.

Bu mamlakatda 682 069 nafar bola tug‘ilgan 2013- yildan beri eng past ko‘rsatkichdir.

Birinchi farzandini ko‘rgan onaning o‘rtacha yoshi 2023-yilda 30,3 yosh, otasi - 33,2 yosh.

Tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti (bir ayolning butun umri davomida ko‘radigan farzandi soni) 7% ga kamaydi, 1,46 dan 1,35 gacha. 2022 yilda bu ko‘rsatkichning pasayishi 8 foizni tashkil etdi.

 2011-yildan 2016-yilgacha tug‘ilish darajasi 1,39 dan 1,59 gacha o‘sgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring