Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

FVV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligining markaziy apparati hamda hududiy tuzilmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Polkovnik Zulfiqor Pardaqulivich Qilichov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Zulfiqor Qilichov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Safarbarlik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Fayzullo Abdullayevich Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu kunga qadar polkovnik Fayzullo Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika moddiy-texnik ta’minot markazi boshlig‘ining o‘rinbosari -Ta’minot bazasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.                     

Podpolkovnik Xurshid Ergashevich Sadirov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tashkiliy-tahlil boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozimga qadar u avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i vazifasida xizmat qilgan.

Polkovnik Abdurazzoq Abduxolikov Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U hozirgi kunga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring