Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fransiya IIV rahbariga vabo virusi joylangan xat jo‘natildi

Fransiya IIV rahbariga vabo virusi joylangan xat jo‘natildi

Foto: Reuters

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen nomiga yo‘llangan shubhali xat ushlandi. Parisien nashri yozishicha, xat Kot-d'Or departamentida aniqlangan.

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen.
Foto: Daily Storm

Xatjildning ichidan qora kukun chiqdi — ekspertlar tekshiruvi kukun tarkibida vabo virusi borligini ko‘rsatdi. Virusga yanada aniqlik kiritish maqsadida kukun Paster institutiga laboratoriya tekshiruviga jo‘natilgan.

Virusli kukun bilan birga, xatjilddan IIV rahbari irqiy haqoratlangan xat ham chiqqan. Dijon prokuraturasi surishtiruvga kirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring