Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fermerlarga nasos xarajatlari uchun 250 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

Fermerlarga nasos xarajatlari uchun 250 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

Foto: Xabar.uz

Fermerlarga nasos xarajatlari uchun 250 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi. Bu haqda prezident yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Fermer xo‘jaliklarida 1 ming 700 ta nasos yiliga 1 milliard kilovatt elektr sarflaydi.

Ularga elektr xarajati uchun bu yilgi budjetda 170 milliard so‘m subsidiya reja qilingan edi. Kelgusi yil bunga yana 250 milliard so‘m ajratilmoqda.

Masalan, xorazmlik 92 nafar dehqon zamonaviy nasos o‘rnatib, elektrni 20 foiz tejayapti. Quyosh paneli o‘rnatish hisobiga ehtiyojidan ortgan elektrni davlatga sotib, oyiga qo‘shimcha 7-8 million so‘m daromad olayapti.

Xorazm tajribasini kengaytirish maqsadida elektr xarajati uchun subsidiyani nasoslarni yangilash va quyosh panellari o‘rnatishga bog‘lash kerakligi qayd etildi.

Ushbu tajriba asosida har yili 1000 tadan fermerni yangi tizimga o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Respublika bo‘yicha 2 million gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani natijasida o‘tgan yilning o‘zida 2 milliard kub metr suv tejaldi. 50 dan ortiq mahalliy korxona bunday texnologiyalarni o‘zimizda chiqarayapti.

Shunday bo‘lsa-da, tomchilab sug‘orish joriy qilindi, deb hisobot berilgan barcha dalalarda ham bu tizim ishlamayapti. Qoraqalpog‘istonda esa lazerli tekislashga 10 milliard so‘m subsidiya berilgan bo‘lsa-da, bu mablag‘ ishlatilmasdan qolmoqda.

Mas’ul idoralarga lazerli tekislash, suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi va ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Qoraqalpog‘istonda mavjud lazerli tekislangan yerning har gektariga 1 million so‘mdan subsidiya berish tizimi endi Xorazmda ham joriy etiladi.

Umuman, kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalar uchun 700 milliard so‘m subsidiya, 2,5 trillion so‘m kredit ajratilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring