Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada 2,6 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

Farg‘onada 2,6 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

Foto: Xabar.uz

Farg‘ona shahrida 2,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahri bo‘limi, IIB va “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro N.I. va boshqalar “T.B.” MChJ binosini MChJ rahbari bilan og‘zaki kelishuvga asosan ijaraga olib, tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etib, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring