Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet» tezkor axborot e’lon qildi

«O‘zgidromet» tezkor axborot e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

2024 yil 1-7 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida; 

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring