Erdo‘g‘on Indoneziya prezidentiga elektromobil sovg‘a qildi
![Erdo‘g‘on Indoneziya prezidentiga elektromobil sovg‘a qildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/920__95_1339582374.jpg)
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Indoneziyaga tashrifi doirasida ushbu mamlakat prezidenti Prabovo Subiantoga Turkiyada ishlab chiqarilgan Togg elektromobilini sovg‘a qildi.
Turk matbuoti yozishicha, yuqori darajadagi hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi va qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazilganidan so‘ng Jakartadagi Bogor prezident saroyida Erdo‘g‘on indoneziyalik hamkasbiga sovg‘ani topshirgan.
Marosimda Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fotih Kachir, mamlakat prezidenti ma’muriyatining aloqalar bo‘yicha boshqarmasi rahbari Faxrettin Altun va boshqa yuqori lavozimli shaxslar qatnashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter