Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdog‘an: Yil davomida gaz va issiq suvga pul to‘lamaysiz!

Erdog‘an: Yil davomida gaz va issiq suvga pul to‘lamaysiz!

Joriy yilning 20 aprel kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an mamlakatga Qora dengiz gazini yetkazib berish boshlanganligini ma’lum qildi,

«Bugun biz bir vaqtning o‘zida ikkita bayramni nishonlayapmiz – kelayotgan Ramazon hayiti va Qora dengizdan gaz yetkazib berishning boshlanishi. Bu Turkiyaning energiya mustaqilligini qo‘lga kiritishi uchun muhim qadamdir. Dastlabki bosqichda kuniga 10 million kubometr gaz qazib olishni rejalashtirganmiz. Loyiha to‘liq quvvatga kirishi bilan biz gazga bo‘lgan ehtiyojining 30 foizini qoplaymiz» – deydi Erdog‘an.

Shuningdek, Turkiya rahbari aholi yil davomida oshxona ehtiyojlari uchun gaz va issiq suvga pul to‘lamasligini ta’kidlagan.

Erdo‘g‘anning qo‘shimcha qilishicha, uylarni isitish uchun respublika aholisi bir oy davomida gazni bepul oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qora dengiz gazi may oyining boshidan boshlab mahalliy aholiga taqdim etiladi.

Qora dengiz shelfidagi gaz konlarining zaxiralari taxminan 710 milliard kub metrni tashkil qiladi. Dastlabki bosqichda kuniga 10 million kubometrga yaqin yoki yiliga 3 dan 4 milliard kub metrgacha gaz qazib olish rejalashtirilgan.

2028 yilga borib sutkalik ishlab chiqarish hajmini kuniga 40 million kub metrga yoki yiliga 15 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring