Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Er aholisi 2084-yilgacha ko‘payadi — BMT

Er aholisi 2084-yilgacha ko‘payadi — BMT

Foto: Aussiedlerbote.de

Yer aholisi soni hozirda 8 milliarddan oshdi, uning eng yuqori cho‘qqisi 2080-yillarga to‘g‘ri keladi. BMT bu bo‘yicha yangi prognozini e’lon qildi, deb yozdi Tagesschau.

Olimlarning taxminiga ko‘ra, 2084-yilda dunyo aholisi soni salkam 10 milliardga yetganidan so‘ng qisqarishni boshlaydi.

Demografik tadqiqotlar federal instituti (BiB) avvalroq ayrim tendensiyalarni taqdim etgandi. Hozir butun dunyo bo‘ylab ayollar 1990-yilga nisbatan o‘rtacha bir bola kam tug‘moqda. Ayni paytda jahonda bir ayolga o‘rtacha 2,2 nafar bola to‘g‘ri keladi, deyiladi unda.

Shunga qaramasdan, demografik jarayonlar inersiyasi jahon aholisi soni 2084 yilga qadar o‘sishiga sabab bo‘ladi. Shu nuqtaga yetgandan boshlab, tug‘ilishlar soni qisqarib, o‘limlar soni ko‘payadi, dunyo aholisi qarishni boshlaydi.

Hozir sayyoramizning aholisi eng ko‘p mintaqalari — Sharqiy hamda Janubi-Sharqiy Osiyoda 2,3 mlrd kishi, Markaziy-Janubiy Osiyoda 2,1 mlrd kishi yashaydi. Statistikaga ko‘ra, Yer yuzida ayollar erkaklardan ko‘p.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring