Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p pul ishlab topgan aktyorlar e’lon qilindi

Eng ko‘p pul ishlab topgan aktyorlar e’lon qilindi

Foto: «Cheatsheet.com»

«Forbes» jurnali yilning eng ko‘p pul ishlab topgan aktyorlari ro‘yxatini chop etdi.

Reytingda Dueyn Jonson yetakchilik qilmoqda. U «Netflix»ning sharofati bilan mo‘maygina pul ishlab oldi — striming servisi noyabrda premerasi o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan «Qizil xabar» filmi uchun unga 23,5 million dollar to‘ladi. «Under Armour» brendi bilan hamkorlikda chiqaradigan sport kiyimlari kolleksiyasi aktyorning yana bir daromad manbaiga aylandi.

Ikkinchi pog‘onani Rayan Reynolds zabt etdi. U «Qizil xabar» va «Olti arvoh» loyihalari uchun 20 million dollarni qo‘lga kiritdi.

Uchinchi o‘rin Mark Uolbergga nasib etdi. Uning ishtirokidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri —  «Spenserning adolati» jangari filmi, shuningdek, «MakMillionlar» va «Uol-strit» hujjatli seriallari bo‘ldi.

Eng ko‘p pul ishlab topgan aktyorlar o‘ntaligiga, shuningdek, Ben Afflek, Vin Dizel, Akshay Kumar, Lin-Manuel Miranda, Uill Smit, Adam Sendler va Jeki Chan ham kirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring