Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portalning yangi talqindagi mobil ilovasi ishga tushirildi

Yagona portalning yangi talqindagi mobil ilovasi ishga tushirildi

Mazkur ilova barcha mashhur mobil platformalar uchun ochiq. Uni Google Play hamda App Store dan yuklab olish mumkin.

E’tiborlisi, joriy etilgan xizmatlarda elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Mobil ilova sizga nima beradi?

  • Shaxsiy ma’lumotlar qulay va avtomat tarzda to‘ldiriladi, hujjatlar har doim qo‘l ostingizda bo‘ladi.
  • Hujjat va ma’lumotlarni uchinchi shaxsga taqdim etishda o‘z roziligini boshqarish imkoniyati tug‘iladi.
  • Elektron hukumat xizmatlaridan foydalanishda vaqtida xabardor bo‘lish va to‘lovlarni to‘lashda tezkorlik ta’minlanadi.

Ma’lumotlarni avtomat tarzda, bir zumda olishingiz mumkin:

  • yashash joyi bo‘yicha, soliqdan qarzi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma
  • pensiya haqida ma’lumot
  • hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida ma’lumot
  • masofadan turib, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish
  • STIRni aniqlash
  • hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish: elektr energiya, issiq suv, ichimlik suvi

Mobil ilovani yo‘lga qo‘yishdan maqsad:

  • Aholimizning elektron hukumat xizmatlarini qog‘ozli hujjatlardan foydalanmay va davlat idoralariga tashrif buyurmay tezkor va onlayn olishini ta’minlash.

Ilovani yuklab olib, elektron hukumat xizmatlaridan istalgan vaqtda foydalanish mumkin.

Yuklab olish uchun:

Google Play — https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.mygov

App Store — https://apps.apple.com/uz/app/mygov-uz/id1544175166

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring