Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektrdan asossiz qarzdorlik vujudga kelayotgani bo‘yicha tushuntirish berildi

Elektrdan asossiz qarzdorlik vujudga kelayotgani bo‘yicha tushuntirish berildi

Ayrim iste’molchilar shaxsiy hisobida kuzatilayotgan noaniqlik holatlari mutaxassislar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda, deyiladi rasmiy munosabatda.

Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Shu bilan bir qatorda, ayrim iste’molchilarda bunday holatlar kuzatilib, tuman elektr tarmoqlariga borib aniqlik kiritishganda o‘tgan yillar mobaynida qolib ketgan qarzdorlik sifatida tushuntirilgani to‘g‘risida videoxabarlar tarqaldi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ma’lumki, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan joriy yilning avgust oyidan yangilangan «HET BILLING» dasturiy kompleksi tashkil etildi.

Ayni shu jarayonda eski tizimdan iste’molchilarning arxiv ma’lumotlarini yangi tizimga ko‘chirishda ayrim iste’molchilar shaxsiy hisobida noaniqliklar kelib chiqayotganligini ma’lum qilamiz. Bunday noaniqliklar aniqlangan hududlarda ayni paytda qo‘shimcha mutaxassislar ajratilgan holda masalaga oydinlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz, deyiladi ma’lumotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring