Dunyoning havosi eng yomon shaharlari aniqlandi

Shveysariyaning IQAir kompaniyasi tuzgan «Dunyoning eng ifloslangan yirik shahri» antireytingida Bangladesh, Kamboja va Hindiston poytaxtlari sayyormizning havosi eng yomon shaharlari deb topildi.
Reyting har bir shahar uchun 24-yanvar soat 08:30 dagi havo holati bo‘yicha tuzilgan.
Bangladesh poytaxti Dakka «Juda nosog‘lom» toifasiga kiritilib, 233 ball bilan antireytingni boshqarmoqda. Pnompen (Kamboja) 198 ball oldi, bu «Nosog‘lom» toifasiga to‘g‘ri keladi. Dehli (Hindiston)ga 189 ball berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter