Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng tezyurar poyezd yaratildi

Dunyodagi eng tezyurar poyezd yaratildi

Foto: «REUTERS / Cnsphoto». Tezligi 600 km/soat bo‘lgan poyezd, Xitoy, Sindao.

Xitoyda tezligi soatiga 600 km.ga yetadigan poyezd namoyish etildi, deb xabar bermoqda Xinhua davlat axborot agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur poyezd ushbu xususiyatlarga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi quruqlik transporti modeli hisoblanadi.

Poyezdning asosiy xususiyati magnitli yo‘lakcha bo‘lib, u shovqinni kamaytiradi va harakat paytida temir yo‘l yuzasiga tegmaslikka imkon beradi.

«Poyezd o‘ntagacha vagondan tashkil topishi hamda 100 dan ortiq yo‘lovchini tashishi mumkin», — deydi loyiha bosh muhandisi Din Sansan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu 1500 km.gacha masofaga sayohat qilish uchun eng maqbul yechim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring