Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng baland bino bugun O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kiradi

Dunyodagi eng baland bino bugun O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kiradi

Arxiv foto

«Burj Xalifa» osmono‘par binosi bugun O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida gavdalanadi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan dunyoning eng baland imorati «Burj Xalifa»da O‘zbekiston bayrog‘i 2020-yil 1-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45da 1 minut davomida namoyish etiladi.

Elatib o‘tamiz, mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi tashabbusi bilan mazkur tadbir 2019-yilda ham muvaffaqqiyatli amalga oshirilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring