Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Departament: fuqaro «isyon» ko‘tardi, g‘olib soxta ekan!

Departament: fuqaro «isyon» ko‘tardi, g‘olib soxta ekan!

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi tenderning soxta g‘olibini fosh etildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy va huquq manfaatlari himoyasini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.I. «Z.F.» MChJ rahbari J.M.ning ishonchiga kirib, go‘yoki 10 mlrd. so‘mlik ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurishda tender g‘olibi bo‘lganligini aytadi. Va uni ushbu qurilishga jalb etishga va’da berib, 112 mln. so‘mlik 112 bosh chorva mollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.

Holat yuzasidan D.I.ga nisbatan firibgarlik alomatlari (Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring